Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Fransiyaning kurdlar bo‘yicha taklifini rad etdi
Turkiya tomoni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning «Suriya demokratik kuchlari» bilan muloqot va Fransiyaning ehtimoliy vositachiligi bo‘yicha taklifini qabul qilmadi. Bu haqda Turkiya prezidenti vakili Ibrohim Qalin tvitterda yozgan.
«Biz Turkiya va terrorchilik tuzilmasi (SDF) o‘rtasidagi «muloqot, aloqalar hamda vositachilik» bo‘yicha jiddiy bo‘lmagan yondashuvni rad etamiz. Terrorchilik guruhini qonuniylashtirishi mumkin bo‘lgan qadamlarni qo‘yish o‘rniga, biz do‘st va ittifoqchi deb hisoblagan mamlakatlar istalgan terrorizmga qarshi ochiq hamda aniq pozitsiyani ko‘rsatishi lozim», - deyiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Suriyada kurd ko‘ngillilari qo‘llab-quvvatlanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026