Jahon | 14:50 / 30.03.2018
27510
1 daqiqa o‘qiladi

Yuliya Skripalning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar berildi

Foto: Facebook/Yulia Skripal

GRU sobiq zobiti Sergey Skripal qizi Yuliyaning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi. U yaqinda o‘ziga kelgandi, deb xabar qilmoqda Sky News.

Shifoxonadan xabar berishlaricha, Yuliya Skripal endi o‘ta og‘ir holatda emas va «tezlik bilan tuzalmoqda». Qiz, telekanalning ta'kidlashicha, ovqat yeyishi va suv ichishi mumkin.

Uning otasi hamon o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Rasmiylarning umid qilishicha, qiz ko‘rsatmalar bera oladi va zaharlanishdan avval yuz bergan hodisalar haqida batafsil aytib beradi.

Mavzuga oid