Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik chegarachilar O‘zbekiston hududidagi yong‘inni o‘chirishda yordam berishdi
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosining uyida yuz bergan yong‘inni o‘chirishga yordam berishdi. Uning uyi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-Bo‘ka tumani Tengi qishlog‘i to‘g‘risida joylashgan. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati (DChX) jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida, Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasi yaqinida O‘zbekiston fuqarosining uyida gaz balloni portlab ketgan, olov butun uy bo‘ylab tarqalgan. «Yong‘in Ola-Bo‘ka chegara otryadining «Kok-Serek» chegara zastavasi harbiy xizmatchilari tomonidan payqaldi, ular Qirg‘iziston hududi bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanaldan davlat chegarasi chizig‘iga qadar suv yetkazib berishni darhol tashkil etishgan. Shu tariqa, Qirg‘iziston chegarachilari harakatlari tufayli yong‘in butunlay o‘chirilgan», - deyiladi xabarda.
«Biz O‘zbekiston hududida uy yonayotganini ko‘rib qoldik, biroq bu yerdan davlat chegarasi chizig‘i o‘tgani tufayli, biz suvni kanaldan chegaraga qadar yetkazib berilishini tashkil qildik», - deya Ola-Bo‘ka chegara otryadi «Kok-Serek» chegara zastavasi boshlig‘i Odilbek Isroil o‘g‘lining so‘zlarini keltiradi DChX.
Mavzuga oid
10:25 / 17.07.2026
Asakada savdo rastasida yong‘in sodir bo‘ldi
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
09:15 / 14.07.2026
Andijonda 5 qavatli uy tomida yong‘in sodir bo‘ldi
09:06 / 14.07.2026