Jahon | 11:10 / 03.04.2018
19579
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburg metrosidagi teraktga aloqador bo‘lgan barcha shaxslar aniqlandi

Foto: Reuters

Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ishi bo‘yicha tergov deyarli yakunlandi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida xabar berilgan.

«Alohida muhim ishlarni tergov qilish bo‘yicha Bosh boshqarma tergovchilari Rossiya FXX bilan birgalikda ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni aniqladi, jumladan buyurtmachi, tashkilotchi va ijrochilarni ham», - deyiladi xabarda.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, terakt radikal terrorchilik hamjamiyatlaridan biri tomonidan sodir etilgan.

«Alohida qiyin jihat shundan iborat bo‘ldiki, buyurtmachi, tashkilotchi va ijrochilar bir biri bilan tanish ham bo‘lmagan hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali aloqada bo‘lishgan. Aynan «elektron izlarning» jiddiy tahlili qisqa muddat ichida jinoiy guruh barcha ishtirokchilarini fosh etish va aniqlashga imkon berdi», - deya ta'kidlab o‘tishgan mahkamadan.

Jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchilar sifatida 11 kishi jalb etildi, ularning bari qamoqda saqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid