Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savchenko siyosiy dasturini e'lon qildi
Foto: RIA «Novosti»
Ukraina Oliy radasi deputati, ayni damda tergov izolyatorida saqlanayotgan Nadejda Savchenko feysbukdagi sahifasida Ukrainadagi islohotlar dasturini e'lon qildi.
Deputatning sahifasida «Siyosiy tizimni o‘zgartirish» konsepsiyasi sarlavhali matn paydo bo‘ldi.
«Ukrainaliklarga bu konsepsiya nima uchun juda kerak? Sababi, u ukrainlarning real demokratiya haqidagi asl tasavvuriga asoslangan. U hozirgi siyosatchilar tomonidan yaratilgan demokratiya emas», - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Matn batafsil islohotlar dasturini o‘z ichiga qamrab olgan, unda, xususan, Ukraina saylov tizimini o‘zgartirish va mamlakatning barcha tabiiy resurslarini inventarizatsiyadan o‘tkazish taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nadejda Savchenkoning singlisi Vera AQSh prezidenti Donald Trampga opasini hibsga olinishi va jinoiy ta'qib etilishi bo‘yicha vaziyat ustidan xalqaro nazoratni o‘rnatishni ta'minlash bo‘yicha murojaat yo‘llagandi.
Mavzuga oid
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:02 / 28.02.2026
Ukraina dronlari hujumidan keyin Krasnodar o‘lkasida NQZ yonib ketdi
09:10 / 28.02.2026