Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenkoning singlisi Vera AQŞ prezidenti Donald Trampga opasini hibsga olinişi va jinoiy ta'qib etilişi böyiça vaziyat ustidan xalqaro nazoratni örnatişni ta'minlaş böyiça murojaat yölladi. U bu haqda feysbukdagi sahifasida yozgan.

«Sizdan opam Nadejda Savçenkoning ta'qib etilişi böyiça vaziyat ustidan jiddiy xalqaro nazoratni ta'minlaşni sörayman, bu inson huquqlari buzilişi va siyosatçiga qonuniy pozitsiyasi tufayli zulm ötkazişlariga yöl qöymaslik uçun kerak», - deya ma'lum qilgan Savçenko.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savçenko Rossiya qamoqxonasida jazoni ötayotganida yollangani haqidagi ma'lumotni rad etib çiqqandi.