17:57 / 05.04.2018
18555

Yuliya Skripal qarindoshi bilan nima haqida gaplashgani aytildi

Foto: Facebook/Yulia Skripal

Britaniyaning Solsberisida GRU sobiq polkovnigi bo‘lgan otasi Sergey Skripal bilan birga zaharlashmoqchi bo‘lgan Yuliya Skripalning fikricha, qarindoshi Viktoriyaga Buyuk Britaniyaga kirish uchun viza berishmaydi.

U bu haqda o‘zaro telefon muloqoti davomida aytib o‘tgan. Suhbatning bir qismi «Rossiya 1» telekanalidagi «60 minut» dasturi efirida e'lon qilindi. Telekanal boshlovchilari ularda yozuv haqiqiy ekaniga dalil-isbotlar yo‘qligini bildirishdi. Biroq, u Viktoriya Skripalning o‘zi tomonidan taqdim etilgan ekan.

«Agarda men ertaga viza olsam, sening oldinga dushanba kuni uchib kelaman», - degan Viktoriya.

«Vika, senga hech kim viza bermaydi», - deya javob qaytargan Yuliya.

«Umuman olganda, men ham shunday o‘ylayapman», - deya xulosa qilgan uning qarindoshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Skripalni zaharlashda ishlatilgan modda manbaini topgani xabar berilgandi.

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Top