Britaniya maxsus xizmatlarining fikriça, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan “Noviçok” asab-falajlovçi modda qayerda işlab çiqarilganini aniqlaşga muvaffaq bölişgan. Bu haqda Times manbalarga asosan xabar bermoqda.
Gazeta ma'lumotlariga köra, mutaxassislar modda manbasini “ilmiy tahlil va razvedka ma'lumoti yordamida” aniqlaşning uddasidan çiqişdi. Bu Solsberida Skripal zaharlanganidan bir neça kun ötib röy bergan. Gap “Rossiyaning maxfiy laboratoriyasi” haqida ketmoqda.
Şu bilan birga, manbalarning ta'kidlaşiça, 100 foizga işonçlari komil emas. Şuningdek ta'kidlanişiça, Britaniya maxsus xizmatlari versiyasiga köra, Rossiya “Noviçok”ni sinovdan ötkazib, uning yordamida qotillik sodir etiş mumkin yoki mumkin emasligini aniqlamoqçi bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot)da Skripal işi böyiça Rossiyani qöllab-quvvatlagan davlatlar orasida Özbekiston ham bor ekani xabar qilingandi.













