Jahon | 13:02 / 05.04.2018
9841
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada harbiy samolyot quladi

Foto: AP

Janubiy Koreya hududida harbiy samolyot quladi, deb xabar bermoqda «Renxap» agentligi.

Xabar qilinishicha, hodisa Kyonsan-Pukto provinsiyasidagi Chxilgok uyezdida, Seuldan 300 kilometr masofada sodir bo‘lgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot tog‘ga borib urilgan. Taxminlarga ko‘ra, bu qiruvchi bo‘lgan.

Avvalroq «Renxap» agentligi AQSh va Janubiy Koreya Olimpiada sababli qoldirilgan harbiy mashg‘ulotlarni boshlagani haqida xabar bergandi. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, mashg‘ulotlarda Janubiy Koreyaning barcha qo‘shin turlaridan 300 ming harbiy hamda 11,5 ming amerikalik harbiy, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Wasp desant kemasi boshchiligidagi kemalari otryadi, qisqa masofadan parvoz qiluvchi va vertikal qo‘nuvchi F-35B samolyotlari ishtirok etmoqda. Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar vaqtida Shimoliy Koreyaning asabiga tegmaslik uchun faqat mudofaa vositalari qo‘llanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid