Jamiyat | 08:55 / 06.04.2018
13001
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonlik shaxs Rossiyadagi jinoyati uchun O‘zbekistonda ushlandi

Illyustrativ foto/newkuban.ru

2018 yil 27 mart kuni Andijon viloyati Shahrixon tumani A.Qahhor ko‘chasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan S.Z. Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan notarius idorasida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, A.Turg‘unovga tegishli chet davlatlariga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomalarini egallab olib, voqea joyidan yashiringan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

2018 yil 1 aprel kuni u Sergeli tumanida joylashgan “I.Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid