O‘zbekiston | 00:17 / 06.04.2018
7808
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik qorilar Kuvaytda o‘tkaziladigan Qur'on musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik qorilar Kuvaytda o‘tkaziladigan 9-xalqaro Qur'on musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik ikki vakil Kuvaytda o‘tkaziladigan Qur'on musobaqasida hifz (30 pora bo‘yicha) va tilovat yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etadi. Hifz yo‘nalishi bo‘yicha 2017 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasining oliy o‘rin sohibi, Toshkent Islom instituti talabasi Abdulaziz qori Rahmonberdi, tilovat yo‘nalishidan «Hazrati Imom» masjidi noib imomi Ismoil qori Qurbonov yurt sha'nini himoya qilishadi.

Musobaqa 10 aprel kuni boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid