Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchixonasi Boris Jonson bilan uchrashuv haqida iltimos qildi
Foto: RIA "Novosti"
Rossiyaning Londondagi elchixonasi Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga tashqi siyosat idorasi rahbari Boris Jonson bilan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi bo‘yicha vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashish iltimosi bildirilgan nota yubordi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Ma'lumki, elchi Aleksandr Yakovenkoning Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan uchrashuvini tashkillashtirish ehtiyoji anchadan beri bor edi. Bu ikki tomonlama munosabatlar kompleksi, shuningdek, Solsberidagi voqeani surishtiruvdan o‘tkazish masalasini muhokama etish uchun kerak. Shu sababdan Yakovenko Jonsonga shaxsiy nota yubordi», - deya xabar qilgan elchixona vakili.
Uning ta'kidlashicha, diplomatik vakolatxonada Buyuk Britaniya TIV bilan «hamkorlikning hozirgi darajasiga ijobiy baho» bera olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripalning ahvoli yaxshilangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026