Solsberida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning ahvoli tezda yaxşilanmoqda, deb xabar berdi «Bi-bi-si».

Şifokorlarning xabar berişiça, Skripal davolaşlariga yaxşi reaksiya bermoqda va uning ahvoli «tez yaxşilanmoqda», u endi «öta oğir holatda» emas.

Eslatib ötamiz, avvalroq GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qizi Yuliya Buyuk Britaniya politsiyasi tomonidan e'lon qilingan bayonotida öz holati haqida aytib ötgandi. 

«Men bir hafta muqaddam özimga keldim va kun sayin kuçim tiklanayotganini xabar qilişdan xursandman. Men özimga bildirilgan qiziqiş va köplab ezgu tilaklar uçun minnatdorman», - deyiladi Yuliya Skripalning bayonotida.