Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda deputatlar parlamentda “fayyer-shou” uyushtirishdi (video)
Armaniston Milliy yig‘inining (parlament) muxolif “Yelk” partiyasining deputatlari Ararat Mirzoyan va Lena Nazaryan parlamentning majlislar zalida uchta fayyor yoqishdi.
“Interfaks” axborot agentligining ta'kidlashicha, deputatlar mamlakatning yangi bosh vaziri sifatida 2008 yildan 2018 yilgacha prezident bo‘lgan Serj Sargsyanning tayinlanishi mumkinligiga qarshi chiqishgan. “Biz barchani 13 aprelda Ozodlik maydonida yig‘ilishga va Serj Sargsyanning bosh vazir bo‘lishining oldini olishga, Respublika partiyasi hokimiyatini tugatishga chaqiramiz”, deb aytgan Mirzoyan parlament minbaridan va cho‘ntagidan fayyorni chiqarib, uni yoqqan. Unga qo‘lida ikkita fayyor bilan Lena Nazaryan ham qo‘shilgan.
Parlament vitse-spikeri Eduard Sharmazanov “shou o‘xshamaganini” aytgan. “Eshiklarni ochib, bu yerni shamollatib yuboring. Xalq parlamentda kim nima bilan mashg‘ulligini ko‘rsin”, deb aytgan Sharmazanov.
Mirzoyanning ta'kidlashicha, fayyorlardan tarqalgan tutun mutlaq bezarar bo‘lgan. Bundan maqsad esa Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi chiqayotgan muxolifatchilar marshiga deputatlar e'tiborini qaratish bo‘lgan.
Armaniston bosh vaziri saylovlari parlamentda 17 aprelda bo‘lib o‘tadi. 2015 yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, davlatdagi haqiqiy hokimiyat bosh vazirga tegishli bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:05
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026