Jamiyat | 16:26 / 11.04.2018
8637
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent haydovchilari 35 kunda 155 mln so‘m jarima to‘ladi

Foto: KUN.UZ

Bu haqida Toshkent shahar IIBB rahbariyatining Uchtepa tumani aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qilindi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Qayd etish lozimki, poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 5 martdan boshlab “Mobil muxbir” ilovasini ishga tushirdi.

Mazkur servis orqali 10 aprelga qadar fuqarolar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilgan tasvirlar tushirilgan 473ta videorolik yuborildi. Ularning 273tasi ko‘rib chiqildi va haydovchilarga umumiy qiymati 155 million so‘mlik jarima solindi. Qolgan videomateriallar o‘rganilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid