Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh razvedkasi samolyotlari Kritga yetib keldi
Foto: AP
AQSh razvedkasining ikkita samolyoti Gretsiyaning Krit oroliga yetib keldi. Bu haqda mahalliy Iefimerida portali xabar bermoqda.
Samolyotlar Irakliondan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi «Nikos Kazandzakis» aeroportiga qo‘ngan. Gap Afg‘oniston va Iroqdagi amaliyotlar vaqtida foydalanilgan MC-12S EMARSS va MC-12W Liberty modeli haqida ketmoqda.
Samolyotlar ekipaji to‘rt kishidan iborat: qo‘mondon, uchuvchi va ma'lumot yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi ikki zobit.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Kiprdagi samolyotlari Suriyaga zarba berishga tayyor turgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:49
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026