Jahon | 10:22 / 12.04.2018
23678
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Rossiyaning Suriyadagi kuchlariga zarba berilishi mumkinligiga izoh berdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Agaryshev

AQSh Rossiyaning Suriyadagi kuchlariga zarba berilishi imkoniyatini istisno qilmayapti. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders matbuot anjumanda aytib o‘tdi. 

“Bu barcha variantlar ko‘rilayotganini anglatadi”, deb javob qilgan Sanders AQSh prezidentining tvitterda Rossiyaga bildirgan tahdidlari nimani anglatishi haqidagi savolga.   

Sandersning ma'lum qilishicha, AQSh razvedkasi Suriyaning Sharqiy Gutasida kimyoviy qurol qo‘llanishiga “Damashq va Moskva aloqadorligiga” shubha qilishga imkon bermaydigan ma'lumotlarni keltirgan. 

Sandersning ta'kidlashicha, zarba berilishi “javob choralaridan biri bo‘lib qolmoqda”, biroq Tramp bundan hali voz kechishi mumkin. Oq uy matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, bu masala bo‘yicha AQSh hamkorlari va ittifoqdoshlari bilan maslahatlashmoqda. 

11 aprelda Tramp tvitterda Rossiya Suriyaga raketa zarbalari berilishiga tayyor turishidan ogohlantirgandi. Uning aytishicha, Vashington qo‘llaydigan qurol “yaxshi, yangi va “aqlli” bo‘ladi.

Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov agar AQShning zarbasi bevosita rossiyalik harbiylarga ta'sir qilsa, Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari AQSh raketalari va uni tashuvchi samolyotlarni urib tushirishidan ogohlantirgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid