Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Tsukerberg uchun xarajatlarni 50%ga oshirdi
Foto: CNBC.com
Facebook 2017 yilda kompaniya rahbari Mark Tsukerbergning shaxsiy xavfsizligi va xususiy samolyotlardagi parvozi uchun 8,9 million dollar sarflagan, deb yozmoqda CNBC.
2016 yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu xarajatlar 53%ga oshgan.
2017 yilda Tsukerberg ko‘p vaqtini sayyohatda o‘tkazgan va AQShning ilgari bormagan shtatlariga tashrif buyurgan. Facebook kompaniyasi esa uni kuzatib boruvchi qo‘riqchilar va San-Frantsisko bilan Palo-Alto shaharlaridagi qarorgohlarining xavfsizlik tizimi uchun xarajatlarni qoplab bergan.
Tsukerbergning maoshi esa o‘zgarmagan va 2016 yil darajasida, ya'ni ramziy 1 dollar qiymatida saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Tsukerberg Facebook kompaniyasining 59,9% aksiyasiga egalik qiladi. Uning boyligi 66 milliard dollarga baholangan.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
18:27 / 18.04.2025