Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Suriyaga raketa zarbasi videosini e'lon qildi
Fransiya Mudofaa vazirligi Twitter’dagi mikroblogida Suriyaga 14 aprelga o‘tar tunda ko‘p nishonli fregatlardan biridan berilgan raketa zarbasi videosini e'lon qildi.
"Nishon – Suriya rejimi tomonidan kimyoviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha markaz", - deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi xabarda, unga video ham qo‘shib qo‘yilgan.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'muriyati – Yelisey saroyi – Twitter’dagi rasmiy sahifasida Suriyaga zarba berish uchun parvozga ko‘tarilgan samolyotlar tasvirlangan videoni e'lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh, Britaniya va Fransiya kuchlari Suriyadagi obektlarga zarbalar bergach bayonot bilan chiqdi. «Men Fransiya qurolli kuchlariga AQSh va Buyuk Britaniya bilan koalitsiyadagi xalqaro amaliyot davomida Suriya hududiga kirishga buyruq berdim. Bu Suriya rejimi kimyoviy arsenaliga qarshi yo‘naltirilgan harakat», - deyiladi Makronning bayonotida.
Mavzuga oid
08:30
Hondius laynerida hantavirus tarqalishi: yana bir holat qayd etildi
08:21 / 07.05.2026
Fransiyaning 71 yoshli sobiq prezidenti qamoqdan ozod etildi
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:42 / 28.04.2026