Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron va Mey Suriyaga berilgan zarbalar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh, Britaniya va Fransiya kuchlari Suriyadagi obektlarga zarbalar bergach bayonot bilan chiqdi. Bayonot matni Yelisey saroyi saytida e'lon qilingan.
«Men Fransiya qurolli kuchlariga AQSh va Buyuk Britaniya bilan koalitsiyadagi xalqaro amaliyot davomida Suriya hududiga kirishga buyruq berdim. Bu Suriya rejimi kimyoviy arsenaliga qarshi yo‘naltirilgan harakat», - deyiladi Makronning bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fransuz kuchlari amaliyoti kimyoviy qurolni ishlab chiqarayotgan yoki undan foydalanayotgan Suriya obektlariga zarba berish bilan cheklangan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Britaniya qo‘shinlariga Suriya hududiga aniq zarbalar berish haqida buyruq bergan. Bu kimyoviy qurolni yo‘qotish maqsadida amalga oshirilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Gap fuqarolik urushiga aralashuv haqidagi ketayotgani yo‘q. Gap rejimni o‘zgartirish haqida ketayotgani yo‘q. Gap cheklangan va aniq zarbalar haqida bormoqda, u mintaqadagi keskinlikni oshirmaydi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, tinch aholi vakillari orasida qurbonlar yuz bermasligi uchun barcha narsa qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
21:02 / 19.11.2025
Erdo‘g‘an Turkiya o‘zga hududlarga «hasad qilmasligini» aytdi
16:24 / 18.11.2025
2022 yildan beri O‘zbekistonda yollanish moddasi bilan 338 ta jinoyat ishi ochildi
18:41 / 15.11.2025