Mey Suriyaga zarbalar muvaffaqiyati haqida ma'lum qildi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Suriyaga berilgan zarbalar muvaffaqiyatiga ishonadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Aviazarbalarni to‘liq baholash ishlari davom etmoqda. Bizning ishonchimiz komilki, ular muvaffaqiyatli bo‘lgan», - deya aytib o‘tdi u matbuot anjumani davomida.
Meyning ta'kidlashicha, zarbalar berish haqidagi qaror Suriya hukumati kimyoviy qurolni qo‘llaganidan so‘ng qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Britaniya qo‘shinlariga Suriya hududiga aniq zarbalar berish haqida buyruq bergani haqida ma'lum qilgandi. Bu kimyoviy qurolni yo‘qotish maqsadida amalga oshirilgan.
«Gap fuqarolik urushiga aralashuv haqidagi ketayotgani yo‘q. Gap rejimni o‘zgartirish haqida ketayotgani yo‘q. Gap cheklangan va aniq zarbalar haqida bormoqda, u mintaqadagi keskinlikni oshirmaydi», - deyilgan bayonotda.
Mavzuga oid
01:19 / 05.10.2024
Buyuk Britaniya karbonat angidridni saqlaydigan maydonchalarni yaratishga salkam 30 mlrd dollar ajratadi
20:36 / 03.10.2024
Buyuk Britaniya uzoq yillik bahslardan keyin Chagos orolini Mavrikiyga qaytarib beradi
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
20:47 / 30.09.2024