Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQŞ, Britaniya va Fransiya kuçlari Suriyadagi obektlarga zarbalar bergaç bayonot bilan çiqdi. Bayonot matni Yelisey saroyi saytida e'lon qilingan.
«Men Fransiya qurolli kuçlariga AQŞ va Buyuk Britaniya bilan koalitsiyadagi xalqaro amaliyot davomida Suriya hududiga kirişga buyruq berdim. Bu Suriya rejimi kimyoviy arsenaliga qarşi yönaltirilgan harakat», - deyiladi Makronning bayonotida.
Uning sözlariga köra, fransuz kuçlari amaliyoti kimyoviy qurolni işlab çiqarayotgan yoki undan foydalanayotgan Suriya obektlariga zarba beriş bilan çeklangan.
Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyning ma'lum qilişiça, Britaniya qöşinlariga Suriya hududiga aniq zarbalar beriş haqida buyruq bergan. Bu kimyoviy qurolni yöqotiş maqsadida amalga oşirilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.
«Gap fuqarolik uruşiga aralaşuv haqidagi ketayotgani yöq. Gap rejimni özgartiriş haqida ketayotgani yöq. Gap çeklangan va aniq zarbalar haqida bormoqda, u mintaqadagi keskinlikni oşirmaydi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanişiça, tinç aholi vakillari orasida qurbonlar yuz bermasligi uçun barça narsa qilinadi.
Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boşlanganini bildirdi. AQŞ va uning ittifoqçilari Suriyada kimyoviy qurollar işlatilişiga javoban Asad hukumatiga qarşi harbiy amaliyot ötkazmoqda.













