Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonadagi namoyishlarda 315 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi
Barselonada hibsga olingan kataloniyalik siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazildi. Shahar politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12:50da boshlangan aksiyalarda jami 315 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.
Mitingga hududiy parlament vakillari, turli siyosiy prtiyalar va birlashmalar tarafdorlari, muxtoriyat istovchilar ham qo‘shilishgan.
Namoyish kuni Milliy Kataloniya assambleyasi sobiq rahbari Jordi Sanches hibsga olinganiga yarim yil to‘lgan kunda o‘tkazildi.
Namoyish ishtirokchilari o‘zlari bilan «estelada» - Katalon yerining norasmiy bayrog‘ini, mustaqillik tarafdorlari ramzini olib chiqishgan.
Yig‘ilganlar qamoqxonalardagi siyosiy mahbuslarning huquqlari ta'minlanishini talab etishgan, ular Ispaniya hududidan qochib ketishga majbur bo‘lgan sobiq deputatlar va siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlashgan. «Biz sizlarni uylaringizda ko‘rishni istaymiz», deyilgan plakatlardan birida.





Ayni vaqtda Ispaniya Oliy sudi qaroriga ko‘ra bir necha nafar kataloniyalik siyosatchilar hibsda tutib turilibdi. Mustaqillik harakatining bir qator yetakchilari, jumladan, muxtoriyatning sobiq rahbari Karlos Puchdemon Ispaniya Qirolligi chegaralaridan tashqarida. Oliy sud Kataloniya ma'muriyatining sobiq 13 nafar amaldorini noqonuniy referendum orqali isyon tashkil etishda ayblagan.
Mavzuga oid
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024