Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Iroqda Suriyaga zarbalar berilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Istanbul va Bag‘dod ko‘chalariga AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Suriya hududiga zarbalar berishiga qarshi namoyishchilar chiqishdi.
Turkiyada namoyishchilar Fransiyaning Istanbuldagi konsulligi yonida yig‘ilishgan. Ularda “Suriyada imperialistik tajovuzga o‘rin yo‘q” degan yozuvli bannerlar bo‘lgan.
Shuningdek, Bag‘dodda namoyishchilar Suriya bayroqlari bilan birga ko‘chalardan yurib o‘tishgan.
14 aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qurolli kuchlari Suriyadagi bir qator obektlarga zarbalar berdi. Suriya hududiga 100 dan ko‘proq raketa bilan zarba berilgan. Ushbu uch davlat rahbariyatining ta'kidlashicha, zarbalar kimyoviy qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq obektlarga berilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026