Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor yuzlab onlayn-kinoteatrlarni blokladi
Roskomnadzor turli noqonuniy reklamaga ega bo‘lgan 200ta onlayn-kinoteatr va torrent-trekerni blokladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Roskomnadzor Rossiya FNS talabiga ko‘ra, 250dan ortiq qaroqchilik onlayn-kinoteatrlari va torrent-trekerlarni Taqiqlangan ma'lumot yagona reyestriga kiritdi, ularda turli xizmatlar va bukmekerlik idoralarining noqonuniy reklamasi bo‘lgan. Natijada 200ta internet-resursga kirish aloqa operatorlari tomonidan cheklandi, sababi taqiqlangan ma'lumot o‘chirib yuborilmadi», - deyiladi xabarda.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, yana 50ta resurs egalari uchun javob muddati hali o‘z yakuniga yetmadi.
«Roskomnadzor tomonidan noqonuniy reklamaga ega qaroqchilik resurslari soni juda ko‘pligi haqidagi ma'lumot fuqarolar va tashkilotlardan «qaynoq liniya» orqali olindi», - deya ta'kidlab o‘tishgan Roskomnadzordan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor endi Facebook’ga «yopishgani» xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:45 / 24.02.2026
Pavel Durovga Rossiyada «terrorizmga ko‘maklashish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi
16:45 / 10.02.2026
Rossiyada Telegram ishlashini «sekinlashtirish» boshlandi
15:27 / 17.01.2026
Roskomnadzor Telegram’ni qisman bloklamoqda
14:21 / 13.01.2026