Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarovning ma'lum qilişiça, idora Facebook’ni Rossiya hududida bloklaşi mumkin. Bu ijtimoiy tarmoq tekşiruvlar natijasi böyiça 2018 yil oxiriga qadar Rossiya qonunçiligi talablariga javob bermasa haqiqatga aylanadi, deb xabar qilmoqda «Izvestiya» gazetasi.

«2018 yilning oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekşiramiz, hamda bajarilişi lozim bölgan bir neça bandlar bor: Rossiya hududida rossiyalik fuqarolar ma'lumotlar bazasining mahalliylaştirilişi, barça taqiqlangan ma'lumotning öçirib yuborilişi va boşqa qonunlarga rioya etilişi. Agarda bulardan birontasi yoki heç narsa bajarilmasa, yoki Rossiya davlati bunday harakatlar amalga oşirilişi haqida xabar etilmasa, bloklaş haqidagi masala dolzarb ahamiyatga ega böladi», - deya aytib ötdi Jarov.

Amaldor Facebook’ning Rossiyadagi istiqbollari töğrisida berilgan savolga «başorat qilmaslik»ni taklif etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Telegram Rossiyada bloklana boşlangani xabar berilgandi. Telegram asosçisi Pavel Durov esa Rossiyada messenjerni bloklaş haqidagi qarorga izoh berdi va uning oqibatlarini sanab ötdi.