Jahon | 15:12 / 18.04.2018
3919
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Kim Chen In shaxsan suhbatlashgani rad etildi

Foto: AP

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan gaplashmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yetakchi Kim Chen In bilan muzokaralarga keladigan bo‘lsak: prezident ma'muriyat oliy darajada muzokaralar o‘tkazganini aytdi va ular u bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi», - deya aytib o‘tgan Sanders.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya bilan muzokaralar boshlangani haqida ma'lum qilgandi. «Bizda juda oliy darajadagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazildi», — degan Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv vaqtida. U AQSh kelgusida qanday yo‘l tutishni ko‘rib chiqishi, ikki tomonlama uchrashuvlar yoki uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlar emas, yakuniy natijalar muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid