Jahon | 17:39 / 19.04.2018
9530
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti KXDR talabini qo‘llab-quvvatladi

Foto: John Sibley / Reuters

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDRning sulh to‘g‘risidagi avvalgi bitim o‘rniga tinchlik bo‘yicha kelishuvni imzolash haqidagi eski taklifini qo‘llab-quvvatladi. U Seulda payshanba kuni mahalliy OAV rahbarlari oldida chiqish qilib, shunday bayonot bergan.

"65 yildan beri davom etayotgan sulh rejimiga yakun yasash kerak va urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi deklaratsiya orqali tinch kelishuvni imzolashga qarab harakatlanish lozim", - deya aytib o‘tdi Mun Chje In.

Uning nutqi matni Koreya Respublikasi prezidenti ma'muriyati saytida joylashtirildi.

1950-1953 yillardagi Koreya urushidan so‘ng KXDR va AQSh rasman urush holatida bo‘lib turibdi, sababi ular o‘rtasida faqat sulh to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan. Pxenyanning tinchlik bo‘yicha bitim tuzish borasidagi barcha urinishlari Vashington tomonidan rad etib kelingan. AQSh Janubiy Koreyada o‘z qo‘shinlarini saqlab turibdi, ularning soni hozir 28 ming kishidan ortiq.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid