Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston MXX mamlakatda teraktlarning oldi olingani haqida ma'lum qildi
Foto: Reuters /David Mdzinarishvili
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatda teraktlar sodir etishni rejalashtirgan ikki kishi qo‘lga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda mahkama rasmiy saytida xabar berilgan.
MXX ma'lumotlariga ko‘ra, Armanistonning ikki fuqarosi qo‘lga olingan muxolifatchi Jirayr Sefilyan hamda «Sasna Tsrer» guruhi bilan aloqador bo‘lgan bo‘lib, jamoat joylarida qator portlashlar sodir etishni rejalashtirgan, bu qo‘rquv muhitini yuzaga keltirish uchun qilinmoqchi bo‘lingan.
Xususan, portlashlar Yerevandagi Ozodlik maydonida, shahardagi savdo markazlarining birida, ko‘priklar yaqinida va kommunikatsiya yo‘llari, shuningdek aholi turar-joylari yaqinida rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerevanda yana ommaviy qo‘lga olishlar yuz bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
14:42 / 17.02.2026