Armaniston politsiyasining jamoatçilik bilan aloqalar va axborot boşqarmasi boşliği Aşot Agaronyanning ma'lum qilişiça, Yerevanda Serj Sargsyanning boş vazir etib saylanişiga qarşi norozilik namoyişlarida iştirok etgan 62 kişi qölga olindi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Ayni damda Yerevandagi politsiya bölinmalariga 62 kişi olib kelingan», - deya aytib ötdi Agaronyan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston yangi boş vaziri Serj Sargsyan özining tayinlanişiga qarşi bölgan norozilik namoyişlari yetakçisi Nikol Paşinyanni muloqotga çaqirgandi.

Uning ta'kidlaşiça, hukumat fuqarolarning tinç aksiyalarga bölgan huquqini har doim hurmat qilgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi, biroq röy berayotgan jarayonlar taxmin qilib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston politsiyasi Yerevan markazida 106 namoyişçini qölga olgani xabar berilgandi.