Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevanda qo‘lga olingan namoyishchilar soni 100 dan oshdi
Foto: Reuters /Radio Liberty
Yerevanda Serj Sargsyanning bosh vazir etib saylanishiga qarshi norozilik aksiyasida qatnashgan va qo‘lga olingan namoyishchilar soni 102 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» politsiya matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
«Ayni damda Yerevan politsiya bo‘linmalariga 102 kishi olib kelindi», - deya ma'lum qilishgan matbuot xizmatidan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerevanda yana ommaviy qo‘lga olishlar ro‘y berayotgani xabar qilingandi.
Armaniston yangi bosh vaziri Serj Sargsyan o‘zining tayinlanishiga qarshi bo‘lgan norozilik namoyishlari yetakchisi Nikol Pashinyanni muloqotga chaqirdi. Uning ta'kidlashicha, hukumat fuqarolarning tinch aksiyalarga bo‘lgan huquqini har doim hurmat qilgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi, biroq ro‘y berayotgan jarayonlar taxmin qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
22:04 / 05.02.2026