Armaniston yangi boş vaziri Serj Sargsyan özining tayinlanişiga qarşi bölgan norozilik namoyişlari yetakçisi Nikol Paşinyanni muloqotga çaqirdi. Bu haqda boş vazir saytida xabar berilgan.
«Röy berayotgan içki siyosiy jarayonlardan çuqur taşvişdaman. Men ortga qaytarib bölmaydigan yöqotişlardan qoçiş uçun Milliy yiğiliş (parlament) deputati Nikol Paşinyanni siyosiy muloqot va muzokaralar stoliga ötirişga çaqiraman. Buni darhol amalga oşiriş lozim», - deyiladi xabarda.
Şuningdek uning ta'kidlaşiça, hukumat fuqarolarning tinç aksiyalarga bölgan huquqini har doim hurmat qilgan va bundan keyin ham şunday bölib qoladi, biroq röy berayotgan jarayonlar taxmin qilib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston politsiyasi Yerevan markazida 106 namoyişçini qölga olgani xabar berilgandi.
Yerevan va Armanistonning boşqa şaharlarida ommaviy mitinglar duşanba kuni, mamlakat sobiq prezidenti Serj Sargsyanning nomzodi boş vazir lavozimiga ilgari surilgani tufayli boşlandi. Muxolifat bunga qarşi çiqdi. Politsiya önlab namoyişçilarni qölga oldi, ularning aksariyati keyinçalik qöyib yuborildi. Seşanba kuni Armaniston parlamenti Sargsyanni boş vazir etib sayladi.
“Fuqarolik şartnomasi” muxolif partiya yetakçisi, parlament deputati Nikol Paşinyan Armanistonda “baxmal inqilobi” boşlangani haqida ma'lum qildi. Uning maqsadi – mamlakatda hokimiyatni özgartiriş. Paşinyan özining barça tarafdorlarini böyin egmaslik böyiça tinç aksiyalarni ötkazişga çaqirdi.













