Jahon | 15:30 / 22.04.2018
4780
1 daqiqa o‘qiladi

Armanistondagi namoyishlar yetakchisi qo‘lga olingani haqidagi xabar rad etildi

Foto: ©RIA Novosti/Asatur Yesayants

Yerevan politsiyasi muxolifat rahbari Nikol Pashinyan va parlamentning yana ikki deputatini qo‘lga olgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Armaniston IIV xabarida ular shunchaki mitinglar joyidan olib ketilgani aytilgan.

«Miting tashabbuskorlari — Nikol Pashinyan, Ararat Mirzoyan va Sasun Mikayelyan noqonuniy aksiyani to‘xtatish uchun voqea joyidan olib ketilgan», deyilgan politsiya xabarnomasida.

Bundan avvalroq Pashinyan qo‘lga olinishi bilan shahar markazidagi namoyishchilar kuch bilan tarqatib yuborilayotgani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid