Yerevan bo‘ylab namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi
Armaniston muxolifati yetakchisi, parlament deputati Nikol Pashinyan va uning tarafdorlari mamlakat bosh vaziri Serj Sargsyan bilan muzokaralar o‘tkazilmay qolgach, poytaxtda namoyishlarning yangi to‘lqinini boshladi.
«Interfaks» muxbiri xabariga ko‘ra, Yerevandagi tumanlardan biri ma'muriyati tomon yuzlab kishidan iborat guruh marsh qilib borgan.
«Bizni qon to‘kilish xavfi to‘xtata olmaydi. Qanday qon to‘kilishi? Qanday asosga ko‘ra?», deya hayqirgan Pashinyan.
«Bizning baxmal inqilobimiz xalqning 90 foizlik qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Men bu yerga parlamentdagi «Yelk» fraksiyasi vakili sifatida emas, xalq nomidan keldim. Sargsyan o‘z lavozimini zudlik bilan tark etishi kerak. Agar u xavfsizlik sohasidagi muammolarni istamasa, hoziroq iste'foga chiqishi kerak», deya qayd etgan muxolifat rahbari.
Bundan avvalroq Nikol Pashinyan va Serj Sargsyan muloqoti yarmida uzilib qolgani va rejalashtirilgan muzokaralar boshlanmay qolgani xabar qilingandi.
Armaniston poytaxtida 13 aprel kunidan buyon muxolifat tarafdorlari norozilik namoyishlari o‘tkazib kelishmoqda. Ular sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazirlik lavozimiga saylanganiga qarshi chiqishmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024