Sargsyan muxolifat bilan muzokara uchun keldi, ammo muloqot davomida uni tark etdi
Armaniston muxolifati yetakchisi, parlament deputati Nikola Pashinyan va mamlakatning yangi bosh vaziri Serj Sargsyan o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokara o‘tkazilmadi - tomonlar dastlabki muloqot chog‘ida kelishuvga erisha olmagan.
«Mening o‘zaro muloqot borasidagi ko‘plab takliflarimga munosabat bildirganingizdan xursandman. O‘nlab jurnalistlar ishtirokida qanday muzokaralar bo‘lishini tasavvur qila olmasamda, xursandman», degan Sargsyan.
Bunga javoban Pashinyan shunday degan: «Tushunmovchilik mavjud, men axir o‘z pozitsiyamni aniq bildirganmanku? Gap muloqot haqida emas, kun tartibi haqida ketmoqda. Men bu yerga sizning iste'foga chiqishingizni va hokimiyatni muammosiz topshirishingizni talab qilib kelganman».
«Unda bu muzokara emas, bu muloqot emas, bu davlatga, qonuniy hukumatga shantaj qilishdir. Siz mas'uliyatsizlik qilmoqdasiz, 1 mart voqealaridan saboq chiqarmagan ko‘rinasiz (2008 yildagi prezidentlik saylovlaridan keyingi namoyishlar nazarda tutilmoqda - Interfaks». Me yana bir bor sizga maslahat beraman, qonuniy maydonga qayting va mantiq doirasida harakat qiling. Aks holda, barcha javobgarlik sizning zimmangizga tushadi. Tanlang», degan Armaniston bosh vaziri.
O‘z navbatida Pashinyan hech kim unga ultimatum ohangida gapirishga haqli emasligini ma'lum qilgan.
«Siz mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni tasavvur ham qila olmayapsiz. Sizga aytishmagan ko‘rinadi. Vaziyat o‘zgargan. Siz endi hokimiyatga ega emassiz. Hokimiyat xalq qo‘liga o‘tdi», deya qayd etgan u.
Bunga esa Sargsyan parlament saylovlarida atigi 7-8 foiz ovoz olgan siyosiy kuchlar xalq nomidan gapirishga haqli emasligi bilan javob qaytargan.
«Men siz bilan gaplashishni istamayman», degan u va muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Yerevandagi «Mariot» mehmonxonasini tark etgan.
Shundan so‘ng, Nikol Pashinyan o‘z tarafdorlarini namoyishlarni davom ettirishga chaqirgan.
«Biz ikki karra kuch bilan itoatsizlik aksiyalarini davom ettiramiz. Barchangiz ko‘rdingiz, Sargsyan xolislik hissini yo‘qotibdi, u o‘zgarmas ekan, vaziyat ham shundayligicha qoladi. Barchani fuqarolik itoatsizligi aksiyalarini ikki barobar ortiq kuch bilan davom ettirishga chaqiraman», degan Pashinyan jurnalistlar qarshisida.
Armaniston poytaxtida 13 aprel kunidan buyon muxolifat tarafdorlari norozilik namoyishlari o‘tkazib kelishmoqda. Ular sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazirlik lavozimiga saylanganiga qarshi chiqishmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024