Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxolifat Armaniston bosh vaziri bilan hokimiyatni topshirishini muhokama qiladi
Armanistonlik muxolif deputat Nikol Pashinyan 22 aprel ertalab mamlakatning yangi bosh vaziri Serj Sargsyan bilan uning hokimiyatni topshirishi shartlari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
“Ertaga soat 10:00da Marriott mehmonxonasida uchrashuvim bo‘ladi. Muzokaralar Sargsyanning iste'fosi va hokimiyatning hech qanday larzalarsiz topshirilishi haqida bo‘ladi”, deb aytgan Pashinyan videomurojaatida.
Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanning bosh vazir etib saylanishiga qarshi namoyishlar 13 apreldan bo‘lib o‘tmoqda. Muxolifat uni mamlakatni samarasiz boshqarish va iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvida ayblamoqda.
Pashinyan, shuningdek, 22 aprel ertalab namoyish bo‘lib o‘tishini aytgan.
Pashinyan 21 aprelda Yerevandagi namoyishlar tarafdorlaridan unga hukumat bilan muzokaralar o‘tkazish vakolati berilishini so‘ragan. Namoyishchilar bunga rozilik berishgan.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026