Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev g‘alabali yurishni davom ettirishdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va «Uzbek Tigers»ning sobiq a'zolari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional ringdagi navbatdagi janglarini Nyu-Yorkda o‘tkazishdi.
Bruklindagi Kings Theatre arenasidagi boks oqshomida dastlab ringga Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi Murodjon Ahmadaliyev ko‘tarildi. Uning raqibi argentinalik Karlos Kaston Suares bo‘ldi. Bu bokschi shu vaqtgacha professional ringda 7 jang o‘tkazib, 4 g‘alaba (2ta nokaut) va 3 mag‘lubiyat (1 ta nokaut) qayd etgandi.
Ushbu jang o‘zbekistonlik bokschining faolligi bilan o‘tdi va oltinchi raundga borib, referi Jorj Ruizga texnik nokaut yozdi - Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi g‘alabali yurishini davom ettirdi.
Rio-2016 Olimpiadasi kumush medali sovrindori Shahram G‘iyosov esa professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazdi. Bu raqib o‘ta tajribali bo‘lib, u bungacha prof ringda 34ta jang o‘tkazgan va shundan 24tasida g‘alaba qozongan (14tasi nokaut), 10ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragandi (4tasi nokaut).
6 raund davom etgan bu jangda ham hakamlar bir ovozdan Shahram G‘iyosovni g‘olib deb topishdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi debyutni 10 mart kuni nishonlashgan va o‘shanda ikki bokschi ham raqiblarini birinchi raunddayoq nokautga uchratishgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026