Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriyaga S-300 «Favorit» zenit majmualarini yetkazib beradi
Rossiya rahbariyati yaqin vaqt ichida Suriyaga S-300 «Favorit» zenit raketa majmualari yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda «Kommersant'».
Kutilishicha, bu beg‘araz asosda amalga oshiriladi va zenit raketa majmuasi asosida qisqa muddatlarda Suriya havo hujumidan mudofaa eshelonlashgan tizimi yaratishni ta'minlashi lozim. U aviatsiya texnikasi joylashtiriladigan Damashq va boshqa hududlarni o‘qqa tutishdan himoya qiladi.
Harbiy-diplomatik sohadagi manbalar xabariga ko‘ra, Suriya armiyasiga zenit raketa majmualarini yetkazib berish to‘g‘risidagi masala deyarli hal bo‘lib ulgurgan. Harbiy-texnik sohadagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya hukumatida bu turdagi yangi tizimlarni sotib olishga «pul yo‘q», Rossiya esa bu maqsadlar uchun kredit rasmiylashtirishni rejalashtirmayapti, shuning uchun S-300 harbiy-texnik yordam doirasida taqdim etiladi.
Ta'kidlanishicha, S-300 o‘rnatiladigan yerlarda dastlab rossiyalik harbiy maslahatchilarni ham joylashtirish rejalashtirilmoqda, ular suriyalik mutaxassislar harakatlarini muvofiqlashtirib boradi, shuning uchun bu yerlarga zarba berish, manbalar so‘zlariga ko‘ra, «barcha tomonlar uchun halokatli bo‘ladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 14 aprel kuni Suriyaga uchirilgan raketalarning uchdan ikki qismi urib tushirilganini tasdiqlagandi.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026