Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 14 aprel kuni Suriyaga uçirilgan raketalarning uçdan ikki qismi urib tuşirilganini tasdiqladi. U bu haqda duşanba kuni BBC kompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.
"Sizlar faqat iste'mol qilib körib, bu puding ekanini tuşunasizlar, - deya ta'kidlab ötdi vazir. – Biz bu “aqlli raketalar”dan foydalanilişini kutgandik".
"Hujumda qöllanilgan raketalarning uçdan ikki qismi öz nişoniga borib yetmadi, sababi urib tuşirildi, - deya aytib ötdi Lavrov. – Rossiyalik harbiylar dalillar taqdim etdi, bu professional bahs-munozara uçun oçiq narsa".
Vazirning sözlariga köra, rossiyalik va amerikalik harbiylar Suriya böyiça dekonflikting kanalini sönggi vaqtda özaro uşlab turdi.
"Bizning harbiylar ma'lumotiga köra, mojarosizlik kanali bu vaqt davomida foydalanildi. Moskva va Vaşington örtasida töğridan töğri aloqa kanali bor, şuningdek Suriyada mavjud. Öylaşimça, harbiylar AQŞning bu harakatlari va boşqa masalalarni juda professional tarzda muhokama qilişdi, ular bir birini yaxşi tuşunadi va şunday holat qanday xavfga ega ekanini ham biladi", - dedi Lavrov.
Lavrov Rossiya va AQŞ harbiy keskinlikka juda yaqin bölgani haqidagi fikrga qöşilmadi. "Bu bizning ğarbdagi hamkasblarimiz xatti-harakati tufayli yuz bergan vaziyat edi, ular Suriya hukumati va ittifoqçilar sifatida bizni oddiy aholiga qarşi kimyoviy quroldan foydalanişda ayblaşdi, bunda Kimyoviy qurolni taqiqlaş böyiça taşkilot ekspertlari hattoki Dumadagi voqea joyini ham közdan keçirişga ulgurmadi, - deya qayd etib ötgan RF TIV rahbari. – KQTT ekspertlari Bayrutdan Suriyaga çiqib ketişga tayyor turganida, ular [AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya] bombardimon qildi".
Uning sözlariga köra, uşbu inqirozga yeçim “uni yaratganlarga boğliqdir”.
RF TIV rahbari zarbalardan maqsad rejimni özgartiriş ekani haqidagi gap-sözlarga işonmadi. "Ular şunday dedi, - deya ta'kidlab ötdi Lavrov. – Biroq biz buni qabul qilmaymiz. Bizga dalillar kerak".
"Highly likely" ("ehtimolga juda yaqin") – bu kulgili, bu Britaniya diplomatiyasi ixtirosi, u kimnidir nimadadir ayblaşda qöl keladi", - dedi vazir. Uning sözlariga köra, şunday "adolat" Lyuis Kerrollning "Alisa mö'jizalar mamlakatida" kitobida ham tasvirlangan.
Şuningdek, uning sözlariga köra, Rossiya Suriya mudofaa imkoniyatini mustahkamlaş uçun zarur bölgan barça qadamlarni körib çiqişga tayyor. Bunda hattoki S-300 zenit raketa tizimlari ham yetkazib berilişi mumkin.














