Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumri shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘llab, Afg‘oniston xalqi, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobuldagi portlashda halok bo‘lganlar soni 57 kishiga yetgani xabar berilgandi. Ta'kidlanishicha, portlash tufayli yana taxminan 119 kishi jabrlangan. Hodisa 22 aprel kuni ertalab Kobuldagi saylovchilarni ro‘yxatga olish uchun markaz yonida sodir bo‘ldi. Xudkush terrorchi tomonidan ikkita portlovchi qurilma ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026