Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi rahbarlari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining rahbarlari tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Shavkatovich Xurramov Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining raisi etib;
Rustam Dunayevich Yakubov Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi oxirlarida respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta tashkil ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan tashkil etilgan Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, shu jumladan kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
18:28 / 26.09.2024
Pensiya tizimi isloh qilinadi
18:59 / 23.08.2024
«O‘zenergoinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
10:20 / 17.08.2024
Kasaba uyushmalari tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi soddalashtirildi
18:32 / 15.08.2024