Respublikada kavrak plantatsiyalarini taşkil etiş va ularning xom aşyosini qayta taşkil işlaş hajmlarini köpaytiriş hamda eksport qiliş çora-tadbirlari töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Qarorga binoan taşkil etilayotgan Kavrak yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar uyuşmasi, şu jumladan kavrak plantatsiyasini taşkil etuvçilarga plantatsiya taşkil etiş va xom aşyo yetiştiriş yuzasidan metodik yordam körsatiş va tavsiyalar işlab çiqiş bilan şuğullanadi.

Qaror bilan kavrak plantatsiyalarini taşkil etiş parametrlari tasdiqlandi.

Xususan, 2018-2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekilib, undan 2 550 tonna hosil olinişi rejalaştirilgan.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimlariga ikki oy muddatda kavrak ösadigan hududlarni xatlovdan ötkaziş va aniqlangan zaxira yer maydonlarini doimiy foydalaniş uçun uyuşma a'zolariga ajratib berilişini ta'minlaş vazifasi yuklandi.