Jahon | 17:47 / 24.04.2018
8772
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml AQShdan real qadamlarni ko‘rmayotgani haqida ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti /Sergey Guneyev

Kreml ayni damda Vashington tomonidan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatda keskinlik darajasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan real qadamlarni ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Hozirda Vashington tomonidan biz ko‘rayotgan reallik, ishlarning real holati va real qadamlar aksincha narsadan dalolat bermoqda, kimdir bu fikrga qarshi chiqishi ham dargumon», - deya aytib o‘tdi Peskov Kreml mamlakatlar o‘rtasidagi keskinlikni pasaytirish uchun qanday salohiyat ko‘rayotganiga oid savolga javob qaytarib.

Uning ta'kidlashicha, AQShdan ko‘plab qarama-qarshi bayonotlar chiqmoqda. Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning sanksiyalarni yengillashtirish bo‘yicha rejalari haqida xulosa chiqarish bir qadar mushkuldir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 Rossiyani beqarorlashtiruvchi harakatlarda ayblab chiqqandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid