Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Armanistondagi vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqdamiz
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml Armanistondagi vaziyatni diqqatlik bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qildi.
«Biz hamon buni ichki ish deb hisoblaymiz va bizning armanistonlik do‘stlarimiz vaziyatga yechim topishi hamda yaqin vaqt ichida barqaror konstruktiv qarorga kelishiga umid qilmoqdamiz. Biz bu vaziyatni juda diqqatlik bilan kuzatib boryapmiz», - deya ma'lum qildi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Armanistonda ro‘y berayotgan hodisalarni Ukraina bilan taqqoslash kerak emasligi haqidagi pozitsiyada ekanini ma'lum qilgandi.
«Men o‘xshatmagan bo‘lardim, sababi vaziyat umuman boshqacha. Bu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshatishga hojat ham yo‘q. Albatta, vaziyatni tahlil qilish lozim, hamda yana bir marta qaytaraman: biz uni juda diqqatlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Biroq hozir shuni aytishim mumkinki, Ukraina bilan qandaydir o‘xshatishlarni qilish bu yerda umuman mantiqsizlik», - deya aytib o‘tgan Peskov.
Mavzuga oid
19:18 / 05.03.2026
Rossiya aeroportida o‘zbekistonlik 10 kg soch bilan ushlandi
14:14 / 05.03.2026
Rostov viloyatida Mi-8 harbiy vertolyoti urib tushirildi
12:25 / 05.03.2026
Yevroittifoq Rossiyadan dezinformatsiyaga qarshi kurash strategiyasini o‘zgartirmoqda
09:42 / 05.03.2026