Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «Tolibon» bo‘yicha bayonot berdi
Foto: AP /Allauddin Khan
AQSh davlat kotibi vazifasini bajaruvchi Jon Sallivanning ma'lum qilishicha, Amerika hukumati «Tolibon» radikal harakatining bahorgi hujum haqidagi rejalaridan xabardor va ular toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan hamkorlikni boshlashga chaqiradi. Bu haqda Davlat departamenti saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
«Qo‘shma Shtatlar «Tolibon»ning bayonotidan so‘ng Afg‘oniston xalqi tomonidan turibdi. Biz Afg‘oniston qurolli kuchlari jasoratini qo‘llab-quvvatlaymiz, ular afg‘on jamiyatini buzib tashlashga harakat qilayotgan «Tolibon» va terrorchilik guruhlariga qarshi kurashmoqda. Biz tinch hayot kechirayotgan, o‘z oilasini tarbiyalayotgan, universitetlarga borayotgan, korxonalar tashkil etayotgan, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan Afg‘oniston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlaymiz», - deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Shuningdek, Davlat departamenti AQSh prezidenti Donald Trampning toliblar «o‘q va bombalarni saylov byulletenlariga» almashtirishi kerakligi haqidagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonda bahorgi hujum boshlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 10.02.2026
Yevropa davlatlari NATO boshqaruvida ko‘proq rol o‘ynashga kelishib oldi
14:58 / 10.02.2026
Nemislarning ko‘pchiligi Rossiyadan keyin AQShni tinchlikka eng katta tahdid deb hisoblaydi
10:20 / 10.02.2026
AQSh Tinch okeanida narkosavdogarlarga tegishli deb aytilgan kemaga zarba berdi
09:09 / 10.02.2026