Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistonda bahorgi hujum boshlangani haqida ma'lum qildi
Afg‘onistonda “Tolibon” radikal harakati jangarilari bahorgi hujum boshlangani haqida ma'lum qilishdi. Ustuvor maqsad sifatida “amerikalik bosqinchilar va ularning tarafdorlarini o‘ldirish hamda qo‘lga olish” ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, terrorchilar yangi taktikadan foydalanishlari haqida ogohlantirishgan. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.
Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda ancha yomonlashdi. Mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududlarni o‘z nazoratida saqlab turgan toliblar yirik shaharlarga hujum boshladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kobul va Puli-Xumri shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga maktub yo‘llab, Afg‘oniston xalqi, marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgandi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
11:34 / 28.04.2026
“Imperiyalar qabristoni” – nega yirik davlatlar Afg‘onistonni bo‘ysundira olmagan?
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
11:30 / 23.04.2026