AQŞ davlat kotibi vazifasini bajaruvçi Jon Sallivanning ma'lum qilişiça, Amerika hukumati «Tolibon» radikal harakatining bahorgi hujum haqidagi rejalaridan xabardor va ular toliblarni Afğoniston hukumati bilan hamkorlikni boşlaşga çaqiradi. Bu haqda Davlat departamenti saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

«Qöşma Ştatlar «Tolibon»ning bayonotidan söng Afğoniston xalqi tomonidan turibdi. Biz Afğoniston qurolli kuçlari jasoratini qöllab-quvvatlaymiz, ular afğon jamiyatini buzib taşlaşga harakat qilayotgan «Tolibon» va terrorçilik guruhlariga qarşi kuraşmoqda. Biz tinç hayot keçirayotgan, öz oilasini tarbiyalayotgan, universitetlarga borayotgan, korxonalar taşkil etayotgan, saylovlarga tayyorgarlik körayotgan Afğoniston fuqarolarini qöllab-quvvatlaymiz», - deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Şuningdek, Davlat departamenti AQŞ prezidenti Donald Trampning toliblar «öq va bombalarni saylov byulletenlariga» almaştirişi kerakligi haqidagi sözlaridan iqtibos keltirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Tolibon» Afğonistonda bahorgi hujum boşlangani haqida ma'lum qilgandi.