Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo lavozimiga tayinlanganidan bir necha soat o‘tib Bryusselga yetib keldi
Foto: AFP /Jim Watson
AQSh yangi davlat kotibi Mayk Pompeo lavozimiga tayinlanganidan bir necha soat o‘tib Bryusselga keldi. U bu yerda NATO bo‘yicha ittifoqchilar bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda ABC telekanali.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, NATO tashqi ishlar vazirlari juma kuni Belgiya poytaxtida NATO davlatlari yetakchilari sammitiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yig‘iladi, u iyul oyiga rejalashtirilgan. Vazirlar Rossiya, Afg‘oniston bilan bog‘liq masalalar hamda alyansning yangi a'zolari uchun «ochiq eshiklar siyosatini» muhokama etadi.
Amerikalik yuqori mansabli amaldor so‘zlariga ko‘ra, «Pompeo NATO Rossiya bilan «odatiy ishlarga yo‘q» yagona pozitsiyasini saqlab qolishiga ishonch hosil qilishni, shuningdek alyans a'zolarini mudofaaga YaIM 2 foizini ajratish bo‘yicha majburiyatni bajarishga chaqirishni rejalashtirgan».
Telekanal xabariga ko‘ra, Pompeo Italiya va Turkiyadan bo‘lgan hamkasblari bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026