Jahon | 23:59 / 28.04.2018
8312
2 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan nomzodini uchta partiya qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi 

Foto: Reuters/Gleb Garanich

Armanistonning “Yelk” va “Gullayotgan Armaniston” partiyalari ortidan “Dashnaktsutyun” partiyasi muxolifatchi Nikol Pashinyan nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga ilgari surishni qo‘llab-quvvatladi. Hukmron partiya o‘z nomzodini taklif qilishdan bosh tortgan.   

Parlamentda 105 ta o‘rindan 7 ta o‘ringa ega “Dashnaktsutyun” va 31 ta o‘ringa ega “Gullayotgan Armaniston” partiyalari bosh vazir lavozimiga ovoz berishda Pashinyanga ovoz berishga qaror qildi.  

Pashinyan nomzodi bosh vazir saylovlariga “Yelk” fraksiyasi tomonidan ilgari surildi. “Yelk” parlamentda 9 ta o‘ringa ega. Shu tariqa, muxolifatdan 47 ta (7+31+9) ovoz  bor, bosh vazir etib saylash uchun 53 ta ovoz lozim.  

Pashinyan yetmayotgan ovozlarni olishga muvaffaq bo‘lishini aytgan. Agar Pashinyan bosh vazir lavozimiga tasdiqlanmasa, unda muxolifatchilar “javob qadami ko‘rishadi”. 

Mavzuga oid