Jahon | 14:00 / 29.04.2018
14086
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik senator: Rossiya kibermakonda ustunlik qilyapti

Foto: Depositphotos

AQSh senati razvedka bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mark Uornerning fikricha, Rossiya kibermakonda Qo‘shma Shtatlardan ustunlik qilyapti. Bu haqda u CNN telekanaliga aytib o‘tdi.

«Biz yaqindagina 700 mlrd dollardik harbiy byudjyetni qabul qildik va meni shu qiziqtirmoqda - XX asrga mos keladigan qurollarni xarid qilmayapmizmi? Rossiyada harbiy byudjyet 68 mlrd dollarga teng va u ma'lumot almashish, yolg‘on axborot tarqatish hamda kibermakonda ancha kuchliroq», - deya aytib o‘tdi Uorner.

Senatorning ta'kidlashicha, Amerika hukumati 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashuv aynan qanday yuz berganini hamon tushunishga harakat qilmoqda. Qo‘shma Shtatlar hukumati saylovlarga rossiyalik hakerlar aralashgani haqida bir necha marta ma'lum qildi, Kreml bu xabarlarni rad etib keldi. Uning fikricha, aynan o‘sha ijrochilar AQShda 2018 va 2020 yillarda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga aralashishga harakat qilib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat departamenti o‘z xodimlarini idoraga yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirgandi.

 

Mavzuga oid